Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Musiqiy farovonlik

Gale Pooley
18/01/24

1955-yilda bir ashula sotib olish uchun bobo va buvilarimiz ishlashi kerak bo'lgan vaqtga bugungi kunda biz 197 50 ta ashula olishimiz mumkin.

Tomas Edison 1877-yilda birinchi grammofon plastinasini yaratadi. Birinchi plastinalar ikki folga orasiga yopishtirilgan qog'ozdan yasalgan.

1949-yil 15 martda RCA Victor kompaniyasi tezligi 45 aylanish/daqiqaga teng vinil plastinalaridan foydalanga birinchi laybl bo'ldi. Ular tezligi 78 aylanish/daqiqaga teng mashhur vinillarga qaraganda kichikroq bo'lgan va kamroq musiqa sig'dirgan, shuningdek, ular turli ranglarda chop etilgan. Rolling Stone jurnaliga ko'ra: «50-yillarning o'smirlari portativ va arzonroq formatni afzal ko'rgan; o'sha payt bir reklamasiga qaraganda, plastinaning donasi 65 sent bo'lgan. Rok musiqasining eng katta xitlaridan biri «Bill Haley va kometalar» guruhining «Rock Around the Clock» ashulasi 1955-yilda 3 million singl tirajda sotilgan.

Malakasiz ishchilar 1955-yilda soatiga taxminan 97 cent ishlab topar edilar. Demak, bitta ashulaning vaqtdagi qiymati 40 daqiqalik mehnatga teng bo'lgan.

«Apple» kompaniyasi iTunes ilovasini 2003-yil 28 aprelda taqdim etib, har bitta ashulani 99 sentdan sota boshlagan. Bu vaqtda kelib, malakasiz ishchilarning ish haqi soatiga 9,25 dollarga ko'tarilgan edi. Ashulaning vaqt qiymati 84 foizga, ya'ni 6,42 daqiqalik ish vaqtiga teng bo'lgan. 2003-yilda tinglovchilar 1955-yildagi bitta ashulaning narxiga oltita ashula sotib olishgan.

Apple Music 2015-yil 30 uyunda taqdim etildi. Bugungi talaba oyiga 5,99 dollar obuna evaziga 90 million turdagi ashula tinglashi mumkin. Malakasiz ishchilarning ish haqi soatiga 14,53 dollar, demak Apple Music oylik obunasining vaqt qiymati 25 daqiqalik ishga teng. Obunachilar albom va treklarni translatsiya qilishlari, shuningdek, oflayn tinglash uchun ularni yuklab olishlari ham mumkin. Agar bitta ashula odatda 3-4 daqiqa davom etadigan bo'lsa, bir oyda 12 342 ashula tinglashingiz mumkin. Bir ashulaning vaqt qiymati mehnat soniyasining sakkizdan bir qismiga teng.

1955-yilda bir ashula sotib olish uchun bobo va buvilarimiz ishlashi kerak bo'lgan vaqtga bugungi kunda biz 19 750 ta ashula olishimiz mumkin. 1955-yildan beri shaxsiy musiqiy farovonlik yiliga taxminan 15,9 foizga o'sib, har 4,5 yilda ikki baravarga oshgan.

Bugungi kunda biz bahramand bo'lgan barcha mahsulotlar odamlar kashf etadigan va keyin erkin bozorlarda boshqalar bilan baham ko'radigan milliardlab va milliardlab mayda bilimlarning cho'qqisidir. Ashula yarating va uni dunyo bilan baham ko'ring. Biz o'zimiz oyoqqa turib, bir-birimizning hayotimizni yaxshilashimiz mumkin.

Bizning muammolarimiz tugaganmi? Yo'q, albatta. Biz doim muammolarga duch kelaveramiz. Ammo so'nggi 200 yil ichida nimalarga ersihganimizga bir boqing-chi. Bularning barchasi odamlar bir-birlarning muammolarini hal qilishga erkin bo'lgadagina amalga oshishi mumkin.

Ushbu iqtisodiy faktlar va g'oyalar to'g'risida Amazon veb-saytida mavjud «Superabundance» nomli kitobimizda o'qishingiz mumkin.

Ushbu maqola Gale Pooley va Human Progress tomonidan taqdim etilgan bo'lib, undan Creative Commons Attributions 4.0 xalqaro litsenziyaga muvofiq foydalangan. Original versiyasini ushbu linkda o'qishingiz mumkin.