Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

SSSRning qulashi atrof-muhitni saqlash borasida foyda bo’ldi

Vincent Geloso
14/08/23

Sovet Ittifoqining iqtisodiy tarixini o’qiganda qishloq xo’jaligida «xususiy» sektorning qanchalik kam ruxsat etilganini bilsa bo’ladi. Ekin maydonlarining 3% ini tashkil etgan xususiy kichik tomorqalardan olingan kartoshka, sabzavot, goʻsht, sut va tuxum jami yetishtirilgan hosilning 39 - 66% ni tashkil etgan. Qolgan yer va mahsulotlar sovxoz yoki kolxozlarda ishlab chiqarilgan. Bu misoldan xususiy sektorning samaradorligi davlat sektoriga nisbatan beqiyos ekanligini aks etish uchun foydalaniladi. Shunga qaramay, hatto SSRning xususiy fermern xo’jaliklarini ham boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, ular ancha samarasiz edi.

SSSR inqirozga uchraganda uning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ham inqirozga uchradi. Biroq, g’arbdan oziq-ovqat importi keskin oshib ketdi. Olimlardan biri ta’kidlaganidek, «Chet el oziq-ovqat xom-ashyosi ham, qayta ishlangani ham Rossiya bozorini to’ldirdi». Gektarlab ekin maydonlari tashlab ketilib, ular o’rmonlar va o'simliklar bilan qayta tiklangan, bu esa atrof-muhitga bevosita foyda keltiradi deb hisoblashimiz mumkin.

Biroq, ekin maydonlarining qarovsiz qolishining bilvosita foydasi ham bor edi. O’rmonlar va otsu o’simliklarning o’sishi uglerodning sekvestratsiyasiga yordam beradi. O’rmon o’sishi yordamida bo’ladigan uglerod sekvestratsiyasi – bu o’sayotgan daraxtlarning atmosferadagi karbonat angidridni singdirib, uni fotosintez orqali biomassaga aylantirib va o’z to'qimalarida saqlashi tufayli issiqxona gazlari ta’sirini susaytirib, iqlim o'zgarishini yumshatishga hissa qo’shadigan jarayon. Sobiq SSSRda bo’lgan yerning qarovsiz qolib ketish miqyosi shunchalik katta ediki, ba’zi olimlarga ko’ra, u kontinental va global uglerod balansiga ta’sir qilish darajasida bo’lgan. Umuman olganda, bu global issiqxona gazlari emissiyasining oshishi ta’sirini qisman yumshatgan uglerod drenajini yuzaga keltirgan.

Drenajning ta’siri qanchalik katta bo’lgan? Bir tadqiqot shuni ko’rsatadiki, 1990-yildan 2017-yilgacha Rossiya, Belorussiya va Ukrainada uglerod so’rilishi 1 gigatonnani tashkil qilgan. Faqat Rossiya va Qozog'istonni tahlil qilgan yana bir tadqiqot taxminan o’xshash ta’sirlarni topgan va uning ahamiyati haqida tasavvurga ega bo’lish uchun quyidagini ta’kidlagan: «Rossiya va Qozog'istonda hozirgi yillik qazilma yoqilg’i chiqindilarining mos ravishda taxminan 36 va 49 foizini qoplash uchun yetarli bo’lgan».

Ushbu nisbatlar SSSRning parchalanishi iqlim o’zgarishini yumshatish bo’yicha nihoyatda arzon «siyosat» bo’lganidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yumshatish iqtisodiy rivojlanishga zarar emas, balki foyda bo’ldi (ya’ni, bugungu kunda yumshatish siyosati faqat kamroq ifloslanishdan kelgan foydaga nisbatan o’lchanadigan xarajatlarni ko’proq talab qiladi). Sovet mamlakatlaridagi daromadlar statistikasi sharoitlarni oshirib baholashga moyil edi va bu esa kommunistik mamlakatlarga xos bo’lgan, demak parchalanishdan keyingi iqtisodiy inqiroz unchalik kuchli bo’lmagan va tiklanish sodir bo’lgan. Undan buyon keyingi turmush darajasi avvalgisidan oshgan. Shunday qilib, parchalanish, ehtimol, iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashgan va iqlim o’zgarishini sustlashtirgan.

Mana sizga qo’shimcha optimizdan doza: bunday hodisa yana sodir bo’lishi mumkin!

Xo’sh, yana parchalanadigan Sovet Ittifoqining o’zi yo’q. Biroq, yerdan ortiqcha foydalanishni rag’batlantiradigan qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlash bo’yicha yuzlab siyosatlar mavjud. Darhaqiqat, IHTTning  turli qishloq xo’jaligi faoliyati uchun ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha IHTT ma’lumotlarini ko’rib chiqing. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash darajasi yuqori va ortib bormoqda. Ushbu qo’llab-quvvatlash choralarini bekor qilish qishloq xo’jaligi firmalarining ishlab chiqarish usullarini o’zgartirishi va kamroq yerdan foydalanishiga olib keladi. SSSR parchalanganidan keyin sodir bo’lgan voqealar bunga namunadir, buning qo’shimcha foydasi esa soliq to’lovchilarni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlardan ozod qilishdan iborat bo’ladi.

Aslida, xuddi shu IHTT ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, Yevropa davlatlari chorvachilikni boshqa sohalarga qaraganda ko'proq rag’batlantirishga moyildirlar. Natijada qishloq xo’jaligining rag’batlantiriladigan ushbu chorvachilik qismidan boshqa qismlariga qaraganda ko’proq mahsulot olinadi. E’tibor bering, chorvachilik global issiqxona gazlari chiqindilarining katta qismiga sababchidir (ayniqsa, ulardagi kaloriyalarga nisbatan taqqoslaganda). Subsidiyalarni bekor qilish aynan ushbu ifloslantiruvchi faoliyat turini cheklaydi va soliq to’lovchilarni ham samarasiz ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashdan xalos qiladi.

Bularning barchasida oddiy saboq bor. Iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish bo’yicha barcha siyosatlar hukumatning ko'proq aralashuvini yoki hukumat choralarini talab qilmaydi. Juda samarali bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zilari faqat hukumatning orqaga chekinishini talab qiladi.

Ushbu maqola Vincent Geloso va American Institute for Economic Research tomonidan taqdim etilgan bo’lib, undan Creative Commons Attribution 4.0 xalqaro litsenziyasiga muvofiq foydalanilgan. Original versiyasini ushbu linkda o’qishingiz mumkin.