Matnga o'tish
Bosh sahifa
Bosh sahifaEFI to'g'risidaLoyihalarKitobni o'qingKutubxonaHamkorlar

Loyihalar

Davlatlardagi hamkorlarimiz bilan yaqindan ishlab va auditoriyamizni tinglash orqali EFI iqtisodiy va moliyaviy savodxonlik standartlariga taʼsirimizni oshirish uchun oʻz faoliyatini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.

«Mantiqiy iqtisodiyot»

Chunki barcha iqtisodiy tilni bilishi kerak

«Mantiqiy iqtisodiyot» kitobi birinchi marta 2005-yilda nashr etilgan bo'lib, hozirda uning uchinchi nashri chop etilgan. Akademik iqtisodchilar Jeyms Gvartni, Richard Stroup, Duayt Li, Tauni Ferrarini va Jozef Kalxun tomonidan yozilgan «Mantiqiy iqtisodiyot» kitobi iqtisodiyot asoslarini batafsil yoritib beradi. Kitobning maqsadi o'quvchilarga iqtisodiy tamoyillarni to'liq tushunishga asoslangan dono shaxsiy va siyosiy tanlov qilishlariga yordam berishdir.

Kitobxonlar uchun dolzarbligini taʼminlash uchun kitob mintaqaga moslashtirilgan alban, arman, gruzin, ingliz, ozarbayjon, qirg'iz, qozoq, rus, ukrain, o'zbek tillarida mavjud. Uni onlayn oʻqish yoki bepul yuklab olish mumkin.

O'qishni boshlang

Iqtisodiyot olimpiadasi

Kelajak avlodning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish

Iqtisodiyot olimpiadasi Chexiya Respublikasining Iqtisodiy ta'lim instituti (INEV) tomonidan o'rta maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan yillik musobaqadir. Bir-nechta ichki raundlar ishtirokchi mamlakatlardan birida o'tkaziladigan xalqaro final raundi bilan yakunlanadi. EFI mamlakat hamkorlari o'z mamlakatlarida talabalar uchun musobaqalar tashkil qiladi va o'tkazadi.

Batafsilroq

Multimedia kutubxonasi

Barcha kunlik qarorlaning iqtisodiyotini tushunishi lozim

EFI multimedia kutubxonasi - bu iqtisodiyot asoslariga oid qisqa videolar va maqolalar xazinasi. Katalog tegishli tashkilotlar tomonidan tekin taqdim etilgan bo'lib, bu bizga subtitrlar va tarjimalarga sarmoya kiritish va hamfikrlarimiz kontentini yangi auditoriyaga yetkazish imkonini beradi.

Kutubxomaniz

O’qituvchi qo’llanmasi

Sinfxonaga mantiqiy iqtisodiyotni olib kirish uchun o’qituvchiga kerak bo’lgan qo’llanma!

O’qituvchi qo’llanmasi o’qituvchilarga o’rta maktabning so’nggi yillarida va bakalavr darajasida boshlang’ich iqtisodiyotni o’qitish uchun zarur bo’lgan materiallarnini ta'minlash uchun mo’ljallangan. «Mantiqiy iqtisodiyot» kibobining EFIning mintaqaviy nashriga asoslangan ushbu to’plam slaydlar, o’qituvchi qidi va amaliy topshiriqlardan iborat bo'lib, u allaqachon Gruziyaning yetakchi davlat o’rta maktablaridan birida 500dan ortiq o’quvchiga iqtisodiyotni o'rgatish uchun qo’llanilmoqda. Qo’llanma namunasi uchun, yoki uning tarjimasi va mamlakatingizda tarqatish rejalari to’g’risidagi ma’lumot uchun, iltimos, mamlakatdagi hamkoringiz bilan bog’laning.

BATAFSILROQ

Iqtisodiy hisobotlar boʻyicha seminarlar

Jurnalistlar malakasini oshirish

EFI ham stajyorlar, hamda tajribali jurnalistlar uchun malaka oshirish imkoniyatlarini yaratib, mamlakatdagi hamkorlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtiroq etgan iqtisodiy hisobot seminarlarimizdan maqsad iqtisodiy hisobotllarni keng auditoriyalar yanada oson tushunishi uchun amaliy usullarni almashishdan iborat. Biz ushbu tashabbusimiz tengdoshlar tarmog'ini kengaytiradi va jamoatchilik fikriga ta'sir ko'rsatadigan kasb uchun murabbiylik imkoniyatlarini yaratishga hissa qo'shadi degan umiddamiz.

BATAFSILROQ

Yangiliklarni kuzatib boring

Biz doim yangi muhim loyihalar ustida ishlaymiz